Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yunusobod tumanidagi shov-shuvga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha sud majlisi yakunlandi

Yunusobod tumanidagi shov-shuvga sabab bo‘lgan YTH bo‘yicha sud majlisi yakunlandi

Oliy sud matbuot xizmati xabar berishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi, shov-shuvga sabab bo‘lgan YTH sababchisi L. Tolmachyovaga xukm o‘qidi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berib o‘tdi.

Jinoyat ishi hujjatlariga ko‘ra, L.Tolmachova 04 iyun 2019 yil soat 18:26 da boshqaruvidagi Nexia-3 rusumli transport vositasini Yunusobod tumani 11-mavze 5-7 uylar oralig‘idagi transport vositalari harakatlanishi uchun mo‘ljallangan dahalararo yo‘lda harakatlanayotganida, transport vositasini o‘ng tomonga burib, avtomashinalar va piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan yo‘lga o‘tgan. Bu yerda esa 2007 y.t. G.A., Ya.S., va 2006 y.t. F.R.larni yo‘l yoqasida turishganligini ko‘rgan. Birdaniga yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, harakatlanishni davom ettirib, voyaga yetmagan G.A., I.S. va Ya.S.,larni bosib ketgan.

Buning oqibatida voyaga yetmagan G.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan, Ya.S. sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelmagan «yengil», I.S., «o‘rtacha og‘ir»likdagi tan jarohatlari olganlar.

Sud jarayonida, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi va ularning qonuniny vakillarini ko‘rsatuvlari eshitilib, to‘plangan dalillar va sudlanuvchining himoya nutqi tinglandi.

Sud jinoyat ishi hujjatlarini har tomonlama to‘liq tekshirib, 2020 yil 18 may kunidagi hukmga ko‘ra, L.Tolmachyovani O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan aybdor deb topib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, 3 yil muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etgan. Aybdor L.Tolmachyova ozodlikdan mahrum qilish jazosini manzil koloniyasida o‘tashi, jazo muddati 2019 yil 6 iyun kunidan boshlab hisoblanishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring