Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yurak kasalliklari oldini olishning oddiy usuli aniqlandi

Yurak kasalliklari oldini olishning oddiy usuli aniqlandi

Foto: «Medaboutme.ru»

Amerikalik shifokorlar dukkaklilar, jumladan, yasmiq va no‘xat iste’moli yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olishga yordam beradi, degan xulosaga kelishdi.

«MedicalXpress»ning yozishicha, taomnomaga dukkaklilarni kiritish infarkt va insult xavfini 10 foizga kamaytiradi. 

Ta’kidlanishicha, dukkaklilar tarkibida oqsil va kletchatka ko‘p. Shuningdek, ularning glikemiya indeksi past, yog‘i kam, xolesterini esa yo‘q.

Mutaxassislarning fikricha, dukkakli mahsulotlar qon bosimini ham pasaytirishga ko‘maklashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring