Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Zangezur yo‘lagining ochilishi mintaqa davlatlariga naf keltiradi – Ilhom Aliyev

Zangezur yo‘lagining ochilishi mintaqa davlatlariga naf keltiradi – Ilhom Aliyev

Turkiy davlatlar tashkiloti Samarqand sammitida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev turkiy davlatlar rahbarlarini Qorabog‘ va Zangezurga taklif qildi.

«Mana shu haftada Ozarbayjon xalqi Qorabog‘ va Sharqiy Zangezurni Armaniston okkupatsiyasidan ozod qilinganligining ikki yilligini nishonladi. Ikki yil muqaddam biz bu yerlarda Armanistonning 30 yillik mustamlakachiligiga barham berdik. Xalqaro huquq mezonlariga mos haqiqat qaror topdi.

Ammo hozirgacha uzoq yillik mustamlakachilikning achinarli oqibatlari mavjud.

Ozarbayjon hozirda hududda katta qayta tiklash ishlarini olib bormoqda. Men fursatdan foydalanib, turkiy davlatlar rahbarlarini Qorabog‘ va Zangezurga taklif qilaman», – deydi Aliyev.

Ozarbayjon prezidenti, shuningdek, Zangezur yo‘lagini rivojlantirish maqsadida keng qamrovli faoliyat amalga oshirilayotganini aytib o‘tdi.

«Qorabog‘dagi urush yakun topdi. Biz Zangizar yo‘lagini ochdik. Bu savdo yo‘lagining ochilishi mintaqaning barcha mamlakatlariga naf keltiradi», – deydi Ilhom Aliyev.

Mavzuga oid: Zangezur yo‘lagi: Turkiy davlatlar tashkiloti bu «yo‘lak» bo‘yicha o‘z pozitsiyasiga ega – ekspert 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring