Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zangiotaliklar gaz ta’minotidan 3 kunga uzib qo‘yiladi

Zangiotaliklar gaz ta’minotidan 3 kunga uzib qo‘yiladi

Ta’mirlash ishlari tufayli ertaga zangiota tumanida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga gaz tarmoqlarini barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida «Janubiy-G‘arbiy va «Bo‘z-suv»-2 GTSlari orqali tabiiy gaz bilan ta’minlanadigan hududlardagi mavjud yuqori va o‘rta bosimli gaz quvurlarini loyihaviy bosimga ko‘tarib zichlikka va mustahkamlikka sinash ishlari olib borilishi sababli, 2022-yil 6-sentyabr kuni soat 08:00 dan 9-sentyabr soat 17:00 ga qadar tumandagi «O‘rtaovul», «Erkin», «Qatortol», «Bo‘zsuv» va «Turkiston» hududlaridagi jami 27 040 ta aholi xonadonlarida, 780 ta tabiiy gaz ulgurji iste’molchilarida va 93 ta ijtimoiy soha ob’yektlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

«Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali, shuningdek, ta’mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring