Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Nodir tarixiy faktlarga ega «Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi» kitobi nashrdan chiqdi

Nodir tarixiy faktlarga ega «Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi» kitobi nashrdan chiqdi

O‘zbekistonning turizm salohiyatini butun dunyoga targ‘ib etishda milliy an’analar va qadriyatlarning roli beqiyos sanaladi. Ma’lumki, qadriyatlar har bir millatning o‘tmishi, buguni va kelajagini oynadek ko‘rsatib turuvchi eng muhim omillardan biridir. Bunda mamlakatning turmush tarzidan tortib, kiyinish madaniyatigacha bo‘lgan har bir jihatini e’tiborga olish zarur.

Qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari o‘zining kiyinish madaniyati bilan alohida ajralib turgan va bu jihat Sharq va G‘arb mamlakatlariga ham birmuncha ta’sir o‘tkazgani olimlar tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlarda o‘rganilmoqda. Jumladan, atlas, adras, ipak, beqasam va zardo‘zlik kiyimlari va ularning tayyor holatdagi jozibadorligi Markaziy Osiyo xalqlarining kiyinish madaniyati o‘ta yuqori bo‘lganligini ifodalaydi.

«Xonliklar davri o‘zbek milliy libosi tarixi» kitobi keyingi paytlarda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan madaniy merosni asrab-avaylashga bo‘lgan chuqur e’tibor natijasida dunyo yuzini ko‘rmoqda. Bu orqali o‘zbekistonning turli hududlarining turli vaqtlardagi kiyinish madaniyati bilan yaqindan tanishish mumkin. Bundan tashqari, mazkur kitob ilmiy izlanuvchilar uchun aniq manzilli ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring