Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Zelenskiy qonunni buzishda ayblanmoqda

Zelenskiy qonunni buzishda ayblanmoqda

Ukraina Til ombudsmani Taras Kremen mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy va prezident devoni maslahatchisi Aleksey Arestovichni til bo‘yicha qonunni buzganlikda aybladi.

Qonunga ko‘ra, rasmiy vazifalarni bajarishda mansabdor shaxslar ukrain tilini bilishlari shart. Vladimir Zelenskiy 29-iyun kuni Ukrainaga kelgan biznesmen Richard Brenson va aktyor va rejissyor Shon Penn bilan uchrashuvlarda ingliz tilida gapirgan.

Shuningdek, Aleksey Arestovich intervyu paytida bir necha bor rus tilida gapirgan. Bundan tashqari, u o‘zining Telegram kanalini rus tilida olib boradi.

Xuddi shunday qoidabuzarliklar Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko, Lugansk va Chernovsi viloyatlari ma’muriyati rahbarlari Sergey Gayday va Sergey Osachuk (11-iyul kuni ishdan bo‘shatilgan), Odessa shahri rahbari Gennadiy Truxanovda ham aniqlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring