Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov ishchi tashrif bilan Qirg‘izistonga bordi.

Uni «Manas» xalqaro aeroportida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Akilbek Japarov kutib oldi.

Tashrif davomida Abdulla Aripov O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegatsiyalarining qirg‘iz-o‘zbek davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha qo‘shma majlisida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan ham uchrashishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring