Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Alisher Qodirovga nisbatan jiddiy ayblov qo‘yildi

Alisher Qodirovga nisbatan jiddiy ayblov qo‘yildi

Foto: XPK

«Adolat» partiyasi Alisher Qodirovni ko‘chirmakashlikda aybladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yaqinda «Milliy tiklanish» partiyasining lideri Alisher Qodirov Prezidentlikka nomzod sifatida o‘zining saylovoldi dasturi bilan chiqish qilgan.

«Uning nutqida taajjubga soladigan nuqtalar bor. Qiziq, «Adolat» SDPning 2019 yilda tasdiqlangan saylovoldi dasturidan ko‘chirib o‘ziga «bayroq» qilib olish qanchalik mantiqqa mos kelarkin?» — deyiladi partiya xabarida.

Va «ko‘chirgan jumlalar» deya bir qator raddiyalar keltirilgan:

Birinchi raddiya – «...faoliyat ko‘rsatayotgan jinoiy, ma’muriy, fuqarolik va iqtisodiy sudlarni birlashtirish...».

Ikkinchi raddiya – «...jazoni ijro etish muaassalari Ichki ishlar vazirligidan Adliya vazirligiga o‘tkaziladi».

Uchinchi raddiya – «...mustaqil tergov qo‘mitasi tashkil etiladi».

«Adolat» partiyasi ushbu jumlalar ko‘chirilganini va bu partiyaning saylovoldi dasturlarida borligini keltirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring