Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bloomberg»: O‘zbekiston valyuta siyosatini leberallashtirmoqda

«Bloomberg»: O‘zbekiston valyuta siyosatini leberallashtirmoqda

Foto: «Adweek.com»

AQShning moliyaviy-iqtisodiy yangiliklar bo‘yicha nufuzli «Bloomberg» agentligi «O‘zbekistonda valyutaning kutilmagan tarzda 50 foiz devalvatsiya qilinishi tijoriy shartnoma tuzuvchilarning e’tiborini tortadi» deb nomlangan maqola e’lon qilib, unda Shavkat Mirziyoyev Prezident etib saylanganidan keyin O‘zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta’minlaganini, valyuta siyosatini erkinlashtirganini yozadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

«Islohot hukumatning xorijiy investitsiya jalb qilishga qat’iy azmu shijoatini ifoda etadi», deb ta’kidlaydi Londondagi «Chatham House» tahlil markazining «Rossiya va Yevroosiyo» dasturi xodimi Keyt Mallinson. «Keyingi yigirma yilda O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasi xorijiy sarmoyadorlar uchun eng muammoli masalalardan bo‘lib turgan edi».

Uning so‘zlariga ko‘ra, yaqin istiqbolda ikkilik valyuta tizimini liberallashtirish iqtisodiyot uchun ayrim muammolar tug‘dirishi, jumladan, inflyasiya oshishiga olib kelishi mumkin, lekin giperinflyasiyaga sabab bo‘lmaydi. Ijobiy jihat shuki, moliyaviy borada davlat boshqaruvi kamayadi va xususiy sektor rivoji uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.

Moskvdagi «Macro Advisory» kompaniyasi xodimi Kris Vifer «32 million aholi yashaydigan va tashqi dunyo uchun 100 yil davomida yopiq bo‘lgan O‘zbekiston salmoqli sarmoyaviy salohiyatga ega kam sonli investitsiya ob’yektlaridan» ekanini qayd qiladi. «Bu O‘zbekistonning investorlar nazariga tushishini ta’minladi. Avvalgi valyuta siyosati sarmoyadorlar uchun juda qattiq va o‘ta noshaffof edi, shu bois ham mamlakatga investitsiya kam kirardi».

Moskvadagi «Renessans Kepital» kompaniyasi iqtisodchisi Oleg Kuzminning fikricha, ushbu qaror valyuta siyosatini liberallashtirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Bu O‘zbekistonda avvalgi yillarda kuzatilgan rasmiy va «bo‘z bozorgi» ayirboshlash baholari o‘rtasidagi katta farqni qisqartirishga xizmat qiladi.

«O‘zbekistonning valyutasi boshqa asosiy mintaqaviy valyutalardan ko‘proq qadrini yo‘qotdi. Siyosiy rahbariyat o‘zgarganidan keyin O‘zbekistonda muayyan yangilanishlar ko‘zga tashlanmoqda, yaqinda valyutani erkinlashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorni esa bu yo‘nalishdagi yana bir qadam deb hisoblash mumkin».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring