Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat Azamat Ziyo: «Biz demokratiyani ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan qurmoqchi bo‘ldik»

Deputat Azamat Ziyo:  «Biz demokratiyani ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan qurmoqchi bo‘ldik»

Foto:«Xabar.uz»

Toshkent shahar hokimini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilishda partiyalar vakillariga ham so‘z berildi. Jumladan, «Milliy tiklanish» partiyasi a’zosi, deputat Azamat Ziyo prezident tomonidan taqdim etilgan nomzod - Jahongir Ortiqxo‘jayev haqida fikr bildirdi. 

«Men 2018-yildagi bir voqeani esladim. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on kelganda, davlatimiz rahbari Jahongir Obidovich haqida quyidagicha gapirgan edilar: «Bu yigit O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitiga toza havo olib kiradi. Unda gorkom, raykomning tajribasi yo‘q, bu esa uning yutug‘i». Buni aytishimning sababi, bizga yoqadimi, yoqmaydimi, aytish kerak, biz demokratiyani, fuqarolik jamiyatini ma’muriy buyruqbozlik yo‘li bilan qurmoqchi bo‘ldik. Eng katta xatoimiz shu bo‘lgan»-,deydi Azamat Ziyo. 

Deputatning aytishicha, avval shunga o‘xshash tadbirlar «xo‘jako‘rsinga o‘tkazilgan». Uning ta’biricha, «joriy yilgi saylovlarda esa g‘alaba qozonish oson kechmagan». 

«Yaqinda hammamiz katta chig‘iriqdan o‘tdik. Men o‘zim 5 marta Oliy Majlis deputatligiga saylangan bo‘lsam, eng murakkabi shu bo‘ldi. Sababi, erkinlik zamonida yashayapmiz, kechagidan farqi katta. Buni hammamiz sezyapmiz. Ammo faqat shu bilan bo‘lmaydi. Deputatlar ham faollashib, davlatimiz rahbariga yordamlashishi kerak»-, deydi deputat. 

Eslatib o‘tamiz, ushbu tadbirda Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring