Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hokimlar rasmiyatchilik uchun hisobot bermasin — Senat raisi

Hokimlar rasmiyatchilik uchun hisobot bermasin — Senat raisi

Tanzila Norboyeva

Senat.uz

Oliy Majlis Senatining yalpi majlislarida vazirlik va idoralar rahbarlaridan tashqari viloyatlar hokimlarining ham hisobotlari eshitiladi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi, hokimlarning hisobotlari aholining muammolarini bartaraf etishda qanchalik muhim o‘rin tutadi? Aholi hokimlarning hisobotlaridan qoniqyaptimi?

Bu savolga Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva javob berdi:

— Aytish joizki, Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, hududlar manfaatlarini hisobga olish va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqadi. Shu bois, endilikda yalpi majlislarda viloyat hokimining hisobotini eshitishda faqat parlament eshituvlari natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki hokimiyat va davlat organlariga umumiy ko‘rsatmalar berish bilan cheklanib qolinmaydi. Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, hisobotlar faqat rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik uchun emas, aksincha, ularning natijalari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarda joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilish va o‘sha hududda aholini qiynab kelayotgan masalalarni bartaraf etishga doir aniq vazifalar aks ettiriladi. Gapning indallosi, hisobotda xalq manfaati mujassam bo‘lishi zarur.

Yana bir jihat, endi qarorlarning ijrosini keng jamoatchilik ishtirokida samarali monitoring qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Uning har bir natijasi, ya’ni salbiy yoki ijobiy bo‘lishidan qat’i nazar, barchasi ommaviy axborot vositalari orqali yoritib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring