Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Italiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

Italiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga minnatdorchilik bildirdi

4-sentyabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Luiji Di Mayo bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralarda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, ta’lim, turizm va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Italiya hamkorligining dolzarb jihatlari muhokama qilindi.

Tomonlar turli darajalarda bo‘lib o‘tajak tadbirlar jadvali, shu jumladan, Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan tashqi siyosat mahkamalari rahbarlari darajasida «Italiya – Markaziy Osiyo» ikkinchi vazirlar uchrashuvi yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat ko‘rib chiqildi. Italiya tomoni Yevropa mamlakatlari va boshqa davlatlar fuqarolarini evakuatsiya qilish jarayonini tashkil yetishda ko‘rsatilgan salmoqli yordam uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Tomonlar Afg‘oniston yo‘nalishidagi aloqalarni, shu jumladan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek Afg‘onistonga insonparvarlik yuklarini yetkazib berishda hamkorlikni davom yettirishga tayyor yekanliklarini ma’lum qildilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring