Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komilov MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashdi

Komilov MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishida qatnashdi

13-14 oktyabr kunlari Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi va Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorliking dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

MDHga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi bo‘lajak majlisining tashkiliy va mazmuniy jihatlari, jumladan, sammitda ko‘rib chiqiladigan qator ko‘p tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi va kelishildi.

Uchrashuv yakunida MDHga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Biologik va zaharli qurollarini taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiyani mustahkamlash to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonoti qabul qilindi, MDHga a’zo davlatlar tarixchilari va arxivshunoslarining xalqaro uyushmasi (komissiyasi) to‘g‘risidagi Nizom hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida 2022 yilda o‘tkaziladigan ko‘p darajali tashqi ishlar idoralari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar rejasi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring