Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MDH sammitida ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi (foto)

MDH sammitida ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi Koxi somon saroyida 28-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi boshlangani haqida xabar bergan edik.

MDH Davlat rahbarlari muzokaralarni keng doirada davom ettirdi. Unda turli sohalarda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish masalalari, xalqaro siyosatning dolzarb muammolari yuzasidan fikr almashildi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati xabar bermoqda.

Majlis yakunida MDHga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining 1948-yil 10-dekabrdagi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligi munosabati bilan bayonoti, Kosmosni tadqiq etish va tinch maqsadlarda foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risida MDH konvensiyasi, 1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan G‘alabaning 75 yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni nishonlash bo‘yicha asosiy tadbirlar rejasi, 2019-2023-yillarga mo‘ljallangan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar davlatlararo dasturi, Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, 2021-yilni MDHda arxitektura va shaharsozlik yili deb e’lon qilish haqidagi kelishuv va boshqa hujjatlar imzolandi.

2019-yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga Turkmaniston raislik qiladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring