Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyevga Turkiya prezidentining salomini yetkazishdi

Mirziyoyevga Turkiya prezidentining salomini yetkazishdi

Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari raisi Mustafo Rifat Hisorjiqli o‘g‘li Shavkat Mirziyoyevga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Shavkat Mirziyoyev bugun, 4-oktyabr kuni mamlakatda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rifat Hisorjiqli o‘g‘lini qabul qilgan.

«Keyingi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik, sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarildi», degan Shavkat Mirziyoyev.

Rifat Hisorjiqli o‘g‘li Turkiya ishbilarmon doiralari vakillari - Savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi a’zolari ustuvor loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanliklari hamda bu masalalarni o‘zbekistonlik sheriklar bilan Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Investitsiya forumi va Ishbilarmonlar kengashi majlisida muhokama qilishini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring