Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nazarboyev: SSSRning YeII shaklida qayta tiklanishi yuz bermaydi

Nazarboyev: SSSRning YeII shaklida qayta tiklanishi yuz bermaydi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo mamlakatlarning rahbarlari

Foto: «Khabar.kz»

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeII)ni tashkil etish SSSRning «qayta tiklanishi» va «boshqacha shaklga kirishi» bilan hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidladi. Bu haqda Oq O‘rda shaxsiy sahifasida chop etilgan «Mustaqillik davri» kitobida bayon etilgan, deya xabar beradi «Sa-news» agentligi.

«Asossiz qo‘rquvda yurganlarga men 2011-yildayoq javob berganman: hech qanaqa SSSRning qayta tiklanishi yuz bermaydi va bu bo‘lishi mumkin emas. Bu o‘tmishning xomxayollaridan boshqa narsa emas», — deb yozadi Nazarboyev.

«Albatta, YeIIning dastlabki bosqichida, ayniqsa, global inqiroz sharoitida, hamma narsa silliq kechdi, deya olmaymiz. Shunday qilib, 2015-yil mart oyida men YeIIdagi tarif siyosatining chalkashligi va tarifsiz to‘siqlarning jahon amaliyotiga zid ekanligini aniq aytdim», — dedi Nazarboyev.

«Men Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini doimo jahon iqtisodiyotiga uzviy bog‘langan, Yevropa va Osiyoni ishonchli ko‘prik misoli tutashtirgan ochiq jamiyat sifatida ko‘rdim», — dedi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring