Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nega saylovdagi ovozlar soni haligacha e’lon qilinmadi?

Nega saylovdagi ovozlar soni haligacha e’lon qilinmadi?

Foto: Xabar.uz

Markaziy saylov komissiyasi prezident saylovida nomzodlar qanchadan ovoz olgani haqidagi raqamlar statistikasini haligacha e’lon qilgani yo‘q, faqat foizlardagi ko‘rsatkichlar ochiqlangan xolos.

Ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xabar.uz muxbiri MSK matbuot kotibi bilan bog‘landi. Matbuot kotibi Jaloliddin Usmonovning ma’lum qilishicha, saylov bo‘yicha yakuniy natijalar MSKning shu hafta bo‘ladigan yig‘ilishida e’lon qilinadi.

Shuningdek, u Saylov kodeksining 97-moddasini o‘zining gapiga asos qilib keltirdi:

«Saylov natijalarini e’lon qilish (hammaga ma’lum qilish)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov yakunlariga ko‘ra Markaziy saylov komissiyasining qarori saylovdan keyin o‘n kundan kechiktirmay qabul qilinadi, Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida va boshqa manbalarda e’lon qilinadi (hammaga ma’lum qilinadi)».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring