Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston-Rossiya: Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashildi

O‘zbekiston-Rossiya: Afg‘onistonda yuzaga kelayotgan vaziyat bo‘yicha fikr almashildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

1-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil 19-noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan, terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring