Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 dekabr kuni Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat avvalida davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlariga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirdilar. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Ta’kidlash joiz, 2019 yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.

O‘zaro aloqalar jadallashdi, savdo ko‘rsatkichlari ikki barobar o‘sdi, sanoat va transport sohalarida kooperatsiya loyihalari ilgari surilmoqda, hududlar o‘rtasidagi va madaniy-gumanitar hamkorlik kengayib bormoqda.

Suhbatda davlat rahbarlari Toshkent shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi yakunlarini yuksak baholadilar.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston hamkorligining istiqbollari hamda 2020 yilga mo‘ljallangan ikki tomonlama tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring