Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident Rossiya dumasi raisi bilan uchrashdi

Prezident Rossiya dumasi raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 16-sentyabr kuni Rossiya Federal Majlisining Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin bilan uchrashgan.

Vyacheslav Volodin O‘zbekiston rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, ilmiy-texnik, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

Faol parlamentlararo muloqotlar va almashinuvlarni, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya parlamentlari palatalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik mexanizmlaridan samarali foydalangan holda davom ettirish muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan.

Vyacheslav Volodin O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni har tomonlama mustahkamlash maqsadida parlamentlararo aloqalarni kengaytirishni aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring