Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi

Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

«Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida»gi Prezident Qarori (PQ-165-son, 29.04.2024-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining markaziy apparati tuzilmasida, O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari hamda budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlarga muvofiq qiymati 10 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlarini ko‘rib chiqish vakolatiga ega loyiha ofisi tashkil etiladi.

Shuningdek, quyidagi tartiblar o‘rnatiladi:

- 2025-yil 1-yanvardan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilishda qurilish xarajatlarni baholashning «hajm» uslubiga (hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishga) o‘tiladi;

- 2024-yil 1-iyuldan ob’yektlarning smeta qiymati «Qurilish resurslari milliy klassifikatori» elektron platformasi ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;

- 2024-yil 1-oktyabrdan qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish jarayoni raqamlashtirilgan holda, «Shaffof qurilish milliy axborot tizimining «Qurilishda davlat nazorati» elektron platformasi orqali rasmiylashtiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring