Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvili tarafdorlari Kiyev va boshqa shaharlarda Poroshenkoning iste’foga chiqishini talab qilishmoqda

Saakashvili tarafdorlari Kiyev va boshqa shaharlarda Poroshenkoning iste’foga chiqishini talab qilishmoqda

Foto: TASS

Ukrainadan chiqarib yuborilgan Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukrainaning «Yangi kuchlar harakati» partiyasi lideri Mixail Saakashvilining tarafdorlari Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning iste’foga chiqishini talab qilib namoyish o‘tkazishdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Aksiya tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, unda 3 mingga yaqin odam qatnashmoqda. Faollar Poroshenkoning impichmenti yuzasidan imzo va «Yangi kuchlar harakati»ni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘ yig‘ishmoqda. Namoyishchilar «Yo‘qolsin jinoyatchi to‘dalar», «Poroshenko iste’foga chiqsin » deya hayqirmoqdalar.

Saakashvilining eng yaqin tarafdorlaridan biri David Sakvarelidze muxolifatchilar Saakashvili mamlakatdan chiqarib yuborilganiga qaramasdan, o‘z talablarida qat’iy turishini ma’lum qilgan.
«Biz Poroshenkoni tarix chiqindixonasiga uloqtirib tashlaymiz va Ukrainaning hech bir prezidenti o‘z xalqini haqorat qilmasligi va kamsitmasligi uchun barcha ishni qilamiz», — dedi u.

Ukrainaning «News One» telekanalining xabar berishicha, xuddi shunday namoyishlar bir qator viloyat markazlarida ham bo‘lib o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring