Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saakashvili Ukraina oligarxlar va ayirmachilar tufayli parchalanishini aytdi

Saakashvili Ukraina oligarxlar va ayirmachilar tufayli parchalanishini aytdi

Foto: «Federalnoye agentstvo novostey»

Gruziyaning sobiq prezidenti va Odessa viloyatining sobiq rahbari Mixail Saakashvilining fikriga ko‘ra, Ukraina mafiya davlatiga aylangan, u yerda butun davlat Pyotr Poroshenko va Rinat Axmetov kabi oligarxlarga tegishli. Bu haqda u juma kuni Avstriyaning «Die Presse» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda TASS.

«Ukraina oligarxlarning katta iqtisodiy manfaatlari tufayli mafiya davlatiga aylanmoqda. Ukraina kapitalining 70 foizi yettita oligarxga to‘g‘ri keladi va ularning eng asosiysi davlatning yarmiga ega bo‘lgan Pyotr Poroshenko va Rinat Axmetovdir», — dedi Saakashvili. Bundan tashqari, uning fikriga ko‘ra, davlat amalda davlatligini qilmayapti, mamlakatda Poroshenko foydalanayotgan yarimharbiy uyushmalar faoliyat yuritmoqda. Shu kabi qurolli guruhlar Ichki ishlar vaziri va Axmetovda ham bor. Ukraina iqtisodiyoti turg‘unlik bosqichida turibdi, iqtisodiy o‘sish 2 foizga teng va bu 13 foizli inflyasiya sharoitida zaif ko‘rsatkichdir.

Shu bilan birga Saakashvili Ukraina yaqinda bo‘linib ketishi mumkinligini aytdi. «Mamlakat janubi va sharqida iqtisodiyot o‘lib bormoqda. Bukovina hamda Karpatortida bir nechta etnik ozchilik qatlamlari istiqomat qiladi. Ular ruminlar va vengerlar. U yerda ham xuddi sharqdagi kabi ayirmachilik harakatlari bo‘y cho‘zmoqda. Ko‘plab ukrainlar ko‘chib ketishmoqda. Bularning barchasi davlatning yemirilishiga va jinoiylashuviga olib keladi», — dedi Saakashvili.

Shu bilan birga, Saakashvili Odessa gubernatori bo‘lgan vaqtida unda islohotlar uchun pul bo‘lmaganini ma’lum qildi. «Pulsiz, Kiyevning yordamisiz va mahalliy mafiyaning qarshiliklari tufayli hech narsa qilolmadim», — dedi u.

Avval xabar berganimizdek, 12-fevral kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Kiyevda qo‘lga olinib, Polshaga chiqarib yuborilgan edi. U yerda u Ukrainaga qaytishga harakat qilishdan to‘xtamasligini aytdi. Chorshanba kuni u Hollandiyaga keldi va o‘sha kuniyoq vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring