Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saakashvili Ukrainadagi hokimiyatni almashtirish uchun kurashni Niderlandiyadan turib davom ettirishga va’da berdi

Saakashvili Ukrainadagi hokimiyatni almashtirish uchun kurashni Niderlandiyadan turib davom ettirishga va’da berdi

Mixail Saakashvili.

Foto: «News Front»

Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning «Yangi kuchlar harakati» partiyasi rahbari Mixail Saakashvili Ukrainada hokimiyatni o‘zgartirish uchun kurashni Niderlandiyadan turib davom ettirishga va’da berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

«Ukraina ajoyib salohiyatga ega: ajoyib odamlar, yorqin kelajak, ammo rahbariyati juda yomon. Lekin biz ulardan tinch yo‘l bilan qutulamiz. Buni Ukraina xalqi amalga oshiradi», — dedi siyosatchi. Uning so‘zlari payshanba kuni Hollandiyaning «De Telegraaf» gazetasida e’lon qilingan.

«Rasmiy ravishda Ukraina siyosatida ishtirok eta olmayman, saylovda nomzod bo‘lishga haqqim yo‘q, chunki pasportim yo‘q. Lekin mening yuragim Ukrainaga tegishli», — dedi Saakashvili.

U, shuningdek, Hollandiya Ukrainadan keyin ko‘ziga jannatday ko‘rinayotganini aytdi. «Ko‘p oylar mobaynida meni maxfiy politsiya kuzatib turdi, men maxsus kuchlar tomonidan mamlakatdan xavfli terrorchi sifatida deportatsiya qilindim, — dedi u. — Bir necha bor erta tongda va kechki payt hujumlarga uchradim. Ertalabdan buyon baxtimga ishonmayman, jurnalistlardan bo‘lak hech kimning men bilan ishi yo‘q».

Gruziyaning sobiq prezidenti Ukrainadan chiqarib yuborilgandan keyin chorshanba kuni Niderlandiyaga keldi. Unga shu kunning o‘zida oilalarning birlashuvi uchun beriladigan mamlakatda 90 kungacha vaqtincha yashash ruxsatnomasi berildi.

Saakashvili hollandiyalik Sandra Rulofs bilan turmush qurgan, ularning ikki o‘g‘li bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring