Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovlarga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Saylovlarga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi

Saylov kodeksi hamda Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 3-dekabrdagi 999-son qaroriga ko‘ra, 1 dekabr kuni soat 09:00 dan saylovlarga muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi. 

Muddatidan oldin ovoz berish 18-dekabr soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Ma’lumot uchun: Saylov kodeksining 57-moddasiga ko‘ra, saylov kuni o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.

Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la olmasligining sabablari (ta’til, xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring