Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi valiahdi bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev Abu Dabi valiahdi bilan muloqot qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 7-aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Abu Dabi Amirligi valiahdi, Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbatda ko‘p qirrali O‘zbekiston-BAA munosabatlarining dolzarb masalalari, shuningdek, amaliy hamkorlikning savdo-iqtisodiy, investitsiya, bank-moliya, yoqilg‘i-energetika, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor sohalarida yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Koronavirus infeksiyasining tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va ushbu global xatarga samarali qarshi kurashish borasida mamlakatlarimizda amalga oshirilayotgan misli ko‘rilmagan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari pandemiya oqibatlarini yengib o‘tishda ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Koronavirus tarqalishining ikki tomonlama hamkorlik sur’atiga, shu jumladan bugungi kunda BAAning yetakchi kompaniya va banklari ishtirokida sanoat, infratuzilma, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirishni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Turli darajalarda birgalikdagi sa’y-harakatlarni faol muvofiqlashtirish lozimligi qayd etildi.

Tomonlar, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring