Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Chexiya Prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Chexiya Prezidentini tabrikladi

Foto: Google.com

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zemanni milliy bayram — Mustaqil Chexoslovakiya tashkil topgan kun bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Chexiya tarixida 28 oktyabr alohida ahamiyat kasb etadi. Birinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra Avstro-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi va 1918 yilning 28 oktyabrida Chexoslovakiya davlati mustaqilligi e’lon qilindi.

1992 yilning yozida Chexiya va Slovakiya rahbarlari o‘zaro kelishib, ikkita alohida davlat tashkil etishga kelishib olishdi. 1993 yilning 1 yanvarida mustaqil Chexiya davlati ajralib chiqdi, shunga qaramay 28 oktyabr mamlakat tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring