Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Kozakni qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Dmitriy Kozakni qabul qildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Dmitriy Kozakni qabul qildi, deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Uchrashuv avvalida Dmitriy Kozak Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Yaqinda o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv va muloqotlarda erishilgan kelishuvlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga kuchli sur’at bag‘ishlagani alohida ta’kidlandi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yirik loyihalar va ustuvor gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatini ro‘yobga chiqarish muhim ekanini qayd etdi.

Markaziy Osiyoda ro‘y bergan voqelardan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring