Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: Gaz yo‘qligi, suv yo‘qligi, elektr yo‘qligi alam qilmaydimi? (video)

Shavkat Mirziyoyev: Gaz yo‘qligi, suv yo‘qligi, elektr yo‘qligi alam qilmaydimi? (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 avgustda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2019 yilning birinchi yarmida amalga oshirilgan ishlarni muhokama qilish hamda yil yakuni bo‘yicha prognoz parametrlariga erishishni ta’minlaydigan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Prezident o‘z nutqida ayni vaqtdagi muammolarga va ularni hal qilish uchun amalga oshirilayotgan ishlarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ldi.

— Nima uchun ko‘p qaror chiqayapti? Hammamiz izlanishdamiz, izlanish, izlanish va yana izlanish! Mana shunday og‘ir sharoitda 33,5 million xalqni boqib, rozi qilib, ertangi katta-katta rejalarimizni bajara olamizmi, yo‘qmi, degan savol hammani qiynashi lozim?

Yil yakuniga 4,5 oy vaqt qoldi. Eng katta xavf nimada, degan savol meni qiynaydi? Eng katta xavf — kadrlarning saviyasida, bilimida, ilmida va fidoyiligida. Ming afsus, eng og‘ir masala shu.

Nima uchun bugun sizni yig‘dim? Umuman bugungi ish uslubimiz bizning darajamizga to‘g‘ri kelmaydi. Agar siz o‘zgarmas ekansiz, vaziyat o‘zgarmaydi. Bugun majlis emas, bugun vijdonimiz oldida hisobot — shunga munosibmizmi yoki yo‘q. Imkoniyat o‘z qo‘limizda. Biz shundan to‘g‘ri xulosa chiqarib, foydalana olamizmi?

Gaz yo‘qligi, suv yo‘qligi, elektr yo‘qligi alam qilmaydimi? Biz hamma sohada yangi O‘zbekistonni shakllantiryapmiz — demokratik davlat nuqtai-nazaridan, oldimizda turgan yangi sinovlar nuqtai-nazaridan. Aqlimiz bilan, bilimimiz bilan, sadoqatimiz bilan odamlarni ishontira olamizmi? — deydi Prezident.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring