Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hindiston — Markaziy Osiyo xalqaro sammiti ilk marta onlayn o‘tkaziladi

Hindiston — Markaziy Osiyo xalqaro sammiti ilk marta onlayn o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26-27 yanvar kunlari Hindistondagi milliy bayram tantanalarida qatnashish uchun ushbu mamlakatga bormaydigan bo‘ldi.

Hind matbuoti xabariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasining yangi to‘lqini sababli Hindiston — Markaziy Osiyo xalqaro sammiti ilk marta onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq Mirziyoyevning hind diyoriga safari haqida xabar berilgandi.

Shavkat Mirziyoyev 2019 yil yanvarda ham ushbu mamlakatga borib, «Jo‘shqin Gujarat» xalqaro investitsiya forumida ishtirok etgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring