Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil fevralda Rossiyaga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev kelgusi yil fevralda Rossiyaga tashrif buyuradi

Foto: TASS

Kecha, 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi raisi Valentina Matviyenko bilan uchrashdi. Uchrashuv Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo assambleyasi 50-yalpi majlisi doirasida o‘tkazildi. Bu haqda yuqori palata axborot xizmati xabar berdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya parlamentlararo hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

V.Matviyenkoning ta’kidlashicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil fevralda Rossiya Federatsiyasiga amalga oshiradigan tashrifiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu tashrif ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarilishiga xizmat qiladi.

Federatsiya Kengashi O‘zbekiston rahbarining Rossiyaga tashrifi dasturini parlamentga doir masalalar bilan boyitishga o‘z hissasini qo‘shishi ta’kidlandi. Rossiya tomoni tashrif arafasida Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring