Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Men deputatlar taklifi ma’qullanmagan budjetga qo‘l qo‘ymayman»

Shavkat Mirziyoyev: «Men deputatlar taklifi ma’qullanmagan budjetga qo‘l qo‘ymayman»

Menga Vatanni sevadigan, o‘zbek millatini sevadigan, ertangi kunimizga befarq bo‘lmagan moliya boshlig‘i kerak.

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Simpoziumlar saroyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa murojaat qilmoqda.

— Men nima uchun har safar oldilaringizga kelyapman, hisobot beryapman? Aytinglar, nima qilay, qanday qaror chiqaraylik odamlar bizga ishonishi uchun? Taklif beringlar. Mana, oradan bir yil o‘tib ketdi, birorta deputat menga xat yozmaydi. Yozinglar, taklif beringlar. Bu yerda falon bo‘lyapti, bu yerda piston deb aytinglar, — deya ta’kidladi Prezident.

— Kecha televizorda ko‘rdim — deputatlarning, senatning budjetni muhokama qilganini. Men sizlardan roziman. Roziman. Oldilaringda aytaman, qaysi deputat chaqib-chaqib olganini, janob Qo‘chqorov. To‘g‘ri chaqdilaring. Qachongacha indamay o‘tirasizlar? Men deputatlar taklifi ma’qullanmagan budjetga qo‘l qo‘ymayman, sizlar aytgandan keyin qo‘l qo‘yaman. Moliya vazirligida o‘tirgan noinsoflar byujdetga ega emas. Xalqimizga oson bo‘lgan budjetga qo‘l qo‘yaman. Sizlar ma’qullaysizlarmi-yo‘qmi shuni?

— Men nima uchun 15-20 yildan beri ishlayotgan moliyaning «m» harfini tushunmaydigan odamlarini haydab yubordim? Oldin har bir odamni boy qilaylik, keyin o‘zi to‘laydi solig‘ini. Yana o‘sha gap. U bechoralarni oldin taroj-toroj qilib, keyin qanday soliq to‘laydi? Endi-endi odamlar o‘zgaryapti, endi-endi ishonyapti. Aqlli Moliya vaziri bo‘lsang, o‘yla, noinsof, atrofingdagilarni hammasini haydavor. Qo‘chqorov shu yerdami? Men sizlarning oldingizda aytyapman, agar bir oy ichida o‘zgarish qilmasa, ishdan olaman. Menga bunaqa moliya kerak emas. Moliyada o‘tirganlarning hammasini haydaydi. Bitta Astragorkiy degan noinsofni haydaganman, haliyam uning hidi kelib turibdi. Tashqaridagi bir-ikkitasi ishlayapti. Menga Vatanni sevadigan, o‘zbek millatini sevadigan, ertangi kunimizga befarq bo‘lmagan moliya boshlig‘i kerak. Deputatlarga kelsak, men sizlar bilan nega uchrashyapman? Uyg‘oninglar endi, sizlar ham obro‘ qozoninglar endi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring