Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti bilan nimalarni kelishib oldi?

Shavkat Mirziyoyev Tatariston prezidenti bilan nimalarni kelishib oldi?

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-noyabr kuni Tatariston Respublikasi Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi sub’yektlari orasida mamlakatimiz hududlari uchun yetakchi hamkorlardan biri bo‘lgan Tatariston bilan aloqalarning bugungi bosqichidagi dolzarb masalalar va amaliy sheriklikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilda Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekistonning bosh konsulligi ochildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiyaning ushbu hududi bilan o‘zaro savdo hajmi ortmoqda. Mashinasozlik, neft-gaz, kimyo va boshqa tarmoqlarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, kooperatsiyani kuchaytirish hamda qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va farmatsevtika tarmoqlari, axborot texnologiyalari, uy-joy kommunal xo‘jalik, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida amaliy loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv so‘ngida 2020 yilga mo‘ljallangan «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish va sheriklikni kengaytirish bo‘yicha ikki tomonlama ishchi guruhining muntazam uchrashuvlarini o‘tkazishga kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring