Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidentini tabrikladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovni Mustaqillik kuni bilan tabrikladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkmaniston 26 yil davomida asosiy davlat bayramini 27-oktyabrda nishonlab kelgan. 1991-yil aynan shu kun Turkmaniston SSR oliy kengashi mustaqillik bo‘yicha o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga tayanib, «Turkmanistonning mustaqilligi va davlat tuzumi asoslari haqida»gi qonunni qabul qilgan.

Biroq 2017-yil oktyabrda Mustaqillik kunini 27-sentyabrda nishonlash haqidagi qonun qabul qilingan. Shundan buyon Mustaqillik kuni odatdagidan bir oy oldin, ya’ni 27 sentyabrda nishonlanadigan bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring