Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston prezidentining salomini yetkazishdi

Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston prezidentining salomini yetkazishdi

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va ezgu tilaklarini yetkazgan.

Bu haqda bugun, 7-oktyabr kuni Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda aytilgan.

Uchrashuvda o‘zaro aloqalar barcha darajalarda faollashgani aytilgan. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qo‘mitalar va parlamentlararo guruhlar darajasida yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlangan.

Uchrashuv so‘ngida Shukurjon Zuhurov Tojikiston parlamenti qardosh mamlakatlar va xalqlar manfaatlari yo‘lida do‘stlik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanini bildirgan.

Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi joriy yil dekabr oyida O‘zbekiston parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o‘tishini tilagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring