Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

ShHTning keyingi majlisi ilk marta Hindistonda bo‘ladi

ShHTning keyingi majlisi ilk marta Hindistonda bo‘ladi

Foto: O‘zA

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi 2020-yilda ilk bor Hindistonda o‘tkaziladi.

Bu haqda 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan 18-majlisda qaror qabul qilingan. Majlisda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston bosh vazirlari, Hindiston mudofaa vaziri va Pokiston Tashqi ishlar vazirligining ShHT bo‘yicha milliy koordinatori, ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirok etdi.

Majlisda ShHT bilan BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Muhokamalar chog‘ida Orol mintaqasidagi ekologik vaziyatni inobatga olgan holda, “Orolbo‘yi – ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi”ni tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlash g‘oyasi ilgari surildi.

Hukumat rahbarlari ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturi ijrosini ko‘rib chiqdilar va yangi dasturni ma’qulladilar.

Shuningdek, tashkilotning 2020-yil uchun mo‘ljallangan budjeti ham tasdiqlandi.

Tadbirda jami 14 hujjat imzolandi. ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring