Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Si Szinpin Xitoy xalqiga ko‘rsatilgan yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirildi

Si Szinpin Xitoy xalqiga ko‘rsatilgan yordam uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirildi

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Xitoy xalqiga hamdardlik va ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston Prezidentiga minnatdorlik bildirildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qilib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan maktubda bunday deyilgan:

«Muhtaram Prezident janoblari!

Xitoy koronavirus tarqalishiga qarshi olib borayotgan kurash munosabati bilan yo‘llagan ta’ziyanomangiz uchun Sizga samimiy minnatdorlik bildiraman.

Aytishganidek, qayerdadir kulfat yuz bersa, har yoqdan yordamga shoshiladilar. Dunyo hamjamiyati, shu jumladan O‘zbekiston, Xitoy hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi va turli ko‘rinishda qo‘llab-quvvatladi. Bu bizga bo‘lgan do‘stona munosabatni to‘liq namoyon etdi.

Xitoy epidemiyani profilaktika qilish va nazoratga olish borasida muvaffaqiyatga erishishiga ishonchi komil va bunga qodir, shuningdek, butun jahonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash ishiga hissa qo‘shish yo‘lida xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ishlashga tayyor.

Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqdaman hamda Siz bilan yaqin muloqotni davom ettirishga tayyorman.

Sizga mustahkam sog‘lik, faoliyatingizga muvaffaqiyatlar, do‘st O‘zbekistonga esa ravnaq va farovonlik tilayman.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Si Szinpin»

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring