Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijdagi o‘zbekistonliklar prezidentlik saylovida qay tartibda ishtirok etishi aytildi

Xorijdagi o‘zbekistonliklar prezidentlik saylovida qay tartibda ishtirok etishi aytildi

Chet elda yashayotgan O‘zbekiston fuqarolari ham bu yilgi prezidentlik saylovida qatnashishi mumkin(mi)?

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva bu borada batafsil ma’lumot berdi.

Amaldagi saylov qonunchiligiga ko‘ra O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalari tuziladi. Saylov uchastkalaridagi saylovchilarning ro‘yxati diplomatik va boshqa vakolatxona boshliqlari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida tuziladi. Tuzilgan uchastka saylov komissiyalari chet davlatlarda turgan fuqarolarni saylovchilar ro‘yxati bilan tanishish usuli, joyi va vaqti to‘g‘risida xabardor qiladi.

Chet davlatlarda turgan fuqarolar o‘zlarini saylovchilar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida saylovdan 15 kun oldin yozma shaklda O‘zbekistonning diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan uchastka saylov komissiyalariga yoki Tashqi ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda murojaat qilishi mumkin.

O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida ovoz berish saylov kuni ushbu saylov uchastkalari joylashgan yerdagi mahalliy vaqt bilan soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring