Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchining nomi ma’lum bo‘ldi

2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchining nomi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Yandex.ru»

«Forbes» jurnali 2019-yilda eng ko‘p pul ishlab topgan sportchilar reytingini chop etdi.

Ro‘yxatni «Barselona» hujumchisi Lionel Messi boshqarmoqda. Argentinalikning 2019-yilgi daromadi ​​127 million dollarga baholangan.

Ikkinchi o‘rinni «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (109 million dollar), uchinchi o‘rinni PSJ forvardi Neymar (105 million dollar) egalladi.

Messi tarixda ilk bor mazkur reytingga yetakchilik qilmoqda.

Ko‘rsatilgan qiymatga sportchining maoshi, mukofot pullari, bonus va homiylik shartnomalaridan tushgan daromadlari kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring