Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2020-yil o‘zbek kibersporti uchun g‘alaba bilan boshlandi

2020-yil o‘zbek kibersporti uchun g‘alaba bilan boshlandi

O‘zbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi kibersportchilaridan iborat delegatsiya Tailandning Bangkok shahrida – AESF (Osiyo elektron sport federatsiyasi) tomonidan o‘tkazilgan forumda va e-Masters Chengdu 2020 saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Jahonning nufuzli kompaniyalaridan biri – The Sun Media Group va Thailand Esports Federation hamkorligida tashkil etilgan e-Masters Cup Bangkok 2020 mintaqaviy saralash o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan PES 2020 yo‘nalishida O‘rta Osiyoning ikki karra chempioni – Team Uzbekistan milliy terma jamoasi a’zosi Salohiddin Esanov qatnashdi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasining «A» guruhidan o‘rin olgan Salohiddin Esanovga Pokiston, Hindiston va Shri-Lanka mamlakatlaridan tashrif buyurgan kibersportchilar raqiblik qilishdi. «V» guruhidan esa Qozog‘iston, Maldiv va Nepal jamoasi a’zolari joy olishdi.

Guruh bosqichini yirik hisobli g‘alabalar bilan boshlagan kibersportchimiz ishonchli o‘yinlari bilan guruhdan chiqib olgan bo‘lsa, pley-off yarim finalida esa Salohiddin Esanov «V» guruhining kuchli o‘yinchilaridan biri qozog‘istonlik kibersportchini yengdi va finalga yo‘l oldi. Qizg‘in kurashlarga boy kechgan final bellashuvida ham Salohiddin Esanov hindistonlik kibersportchini umumiy hisobda mag‘lub yetib, PES 2020 yo‘nalishida e-Masters 2020 Qualifiersning Janubiy & Markaziy Osiyo mintaqasi chempioniga aylandi va Xitoyning Chengdu shahrida bo‘lib o‘tadigan grand-final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring