Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

24 yoshli futbolchi o‘yin paytida hushidan ketib, shifoxonada jon berdi

24 yoshli futbolchi o‘yin paytida hushidan ketib, shifoxonada jon berdi

Foto: «Playmaker24.ru»

Portugaliyaning uchinchi divizionida «Alverka» klubida o‘ynaydigan braziliyalik futbolchi Aleks Apolinario uchrashuv paytida hushidan ketdi va bir necha kundan so‘ng shifoxonada vafot etdi. Bu haqda «The Sun» nashri xabar berdi.

3-yanvar kuni «Uniao Almeyrim»ga qarshi o‘yinning 27-daqiqasida Apolinario hushidan ketdi. Stadionda navbatchi shifokorlar uni jonlantirishga harakat qilishdi, sportchi shifoxonaga yotqizildi. Tibbiyot xodimlari har qancha urinishmasin, futbolchini qutqarib qolisholmadi. Yurakning to‘xtab qolishi miya o‘limiga olib keldi.

Klub vakillari Apolinario oilasiga yordam berishga tayyor ekanliklarini bildirishdi. Marhum 24 yoshda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring