Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Amerika Kubogi-2021. Yarim finalchilar ma’lum bo‘ldi

Amerika Kubogi-2021. Yarim finalchilar ma’lum bo‘ldi

Foto: «Yandex.ru»

Amerika Kubogi-2021 barcha yarim finalchilari aniqlandi. Braziliya Peru bilan o‘ynaydi, Argentina esa Kolumbiya bilan uchrashadi.

6-iyul, seshanba soat 04.00 (Toshkent vaqti bilan). Braziliya — Peru.

7-iyul, chorshanba soat 06.00 (Toshkent vaqti bilan). Argentina — Kolumbiya.

Uchrashuvlar Braziliyada bo‘lib o‘tadi. Argentinaliklar Mane Garrinchi nomli milliy stadionda Kolumbiya, Braziliya esa «Olimpiko Nilton Santos»da Peru bilan to‘qnash keladi.

Chorak finalda Peru Paragvayni mag‘lub etdi (4:3), Braziliya Chilini yengdi (1:0), Kolumbiya Urugvay bilan golsiz durang o‘ynadi, ammo penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi (0:0, 4:2 penalti), Argentina terma jamoasi esa Ekvadorga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (3:0).

Lionel Messi turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib, besh uchrashuvda to‘rtta gol urdi. Amerika kubogining amaldagi chempioni Braziliya terma jamoasi hisoblanadi: u to‘qqiz marta Janubiy Amerika chempionligini qo‘lga kiritgan.

Turnir 13-iyun kuni boshlandi. Yakuniy uchrashuv 10-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring