Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

APL 2019/2020: mavsumning eng yaxshi goli aniqlandi (video)

APL 2019/2020: mavsumning eng yaxshi goli aniqlandi (video)

Skrinshot

Angliya premer-ligasi mavsum yakunlarini sarhisob qildi, xususan, 2019/20-yilgi mavsumning eng yaxshi golini e’lon qildi.

APLning eng yaxshi goli muallifi janubiy koreyalik legioner Son Xyon Min bo‘ldi.

Ushbu gol 2019-yilning 7-dekabr kuni «Tottenhem» — «Byornli» o‘yinida kiritilgan. O‘z jarima maydonida to‘pni egallab olgan koreys futbolchisi qarama-qarshi jarima maydoni tomon naq 70 metrni juda katta tezlikda yugurib o‘tgan, yo‘l-yo‘lakay kamida to‘rt nafar raqib o‘yinchisini aldashga muvaffaq bo‘lgandi. Uning aniq va kuchli zarbasi darvozabonga hech qanday imkoniyat qoldirmagandi. Bu yurish afsonaviy Diyego Maradonaning 1986-yilgi jahon chempionatidagi mashhur golini ko‘pchilikning yodiga tushirdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda «Tottenhem» oltinchi o‘rinni egallab, Yevropa ligasiga yo‘llanma oldi. «Liverpul» esa uzoq tanaffusdan so‘ng chempionlikni nishonladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring