Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir, Bobousmon va Dilshodbek finalga chiqdi. Shahobiddin Zoirov hindistonlikka yutqazib qo‘ydi

Bahodir, Bobousmon va Dilshodbek finalga chiqdi. Shahobiddin Zoirov hindistonlikka yutqazib qo‘ydi

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja-2021 musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Kecha, 26 fevral kuni o‘zbekistonlik bokschilar o‘z janglarini o‘tkazdi.

Bahodir Jalolov, Bobousmon Boturov va Dilshodbek Ro‘zmetov yarim final bahslarida raqiblarini mag‘lub etishib, finalga yo‘llanma olishdi.

Shahobiddin Zoirov esa hindistonlik bokschiga yutqazib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi. Shuningdek, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev jarohat tufayli yarim final jangida qatnasha olmadi.

  • -69 kg: Navbahor Hamidova — Anna Lisenko (Ukraina) 1:4
  • -52 kg: Shahobiddin Zoirov — Dipak Kumar (Hindiston) 1:4
  • -63 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — Aleksandru Parashiv (Moldova). Mo‘ydinxo‘jayev jarohat sabab jangda ishtirok etmadi.
  • -69 kg: Bobousmon Boturov — Bora Navin (Hindiston) 5:0
  • -81 kg: Dilshodbek Ro‘zmetov — Maksim Kots (Ukraina) 5:0
  • +91 kg: Bahodir Jalolov — Gurgen Ovanisyan (Armaniston) 4:1
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring