Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Barselonadagi «Kamp Nou» stadioni nomi o‘zgartiriladi

Barselonadagi «Kamp Nou» stadioni nomi o‘zgartiriladi

Foto: «GetYourGuide»

Ispaniyaning «Barselona» futbol klubi koronavirusga qarshi kurash uchun mablag‘ yig‘ish maqsadida o‘z uy stadionini nomlash huquqini sotmoqda.

Kataloniya klubi o‘z stadioni ochilgan 1957-yildan beri uning nomini o‘zgartirishni hatto o‘ylab ham ko‘rmagandi. Biroq insoniyat faoliyatining ko‘plab sohalariga jiddiy putur yetkazgan koronavirus epidemiyasi bu an’anaga chek qo‘ydi.

«Barselona» FK rasmiy sayti xabar berishicha, direktorlar kengashi «Kamp Nou» nomiga huquqni klubning homiy qidirish bilan shug‘ullanuvchi fondiga faqat bir yilga — 2020/2021-yil mavsumiga beradi.

«Shuni ma’lum qilamizki, ilk marta kimdir o‘z nomini «Kamp Nou»ga qo‘yishi mumkin, tushgan daromad nafaqat Barsa, balki butun insoniyatga xizmat qiladi. Bu tashabbus favqulodda vaziyatda yuzaga keldi. O‘z javohirimizni xizmatga qo‘yib (COVID-19ga qarshi kurashishga), tezda javob olamiz deb o‘ylaymiz», — dedi klub vitse-prezidenti Jordi Kardoner.

Stadion nomiga huquqni bir yilga sotishdan tushgan pul Kataloniya va butun dunyodagi tadqiqot loyihalariga sarflanadi — kataloniyaliklar koronavirusga qarshi kurashishga shu tariqa yordam berishmoqchi.

Ma’lumot uchun: «Kamp Nou» (tarjimasi: «yangi maydon») — 99 000 kishini o‘z bag‘riga sig‘diruvchi Yevropadagi eng katta stadion.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring