Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bitkoinga sotilgan ilk futbolchi ma’lum bo‘ldi — «Real» sobiq hujumchisi

Bitkoinga sotilgan ilk futbolchi ma’lum bo‘ldi — «Real» sobiq hujumchisi

«Real Madrid» sobiq hujumchisi David Barral — kriptovalyutaga sotilgan ilk futbolchiga aylandi.

37 yoshli futbolchi Ispaniya uchinchi ligasining «Internasonal» klubi safiga qo‘shildi. Shartnoma qiymati ma’lum qilinmagan.

«Inter Madrid» nomi ostida ham ma’lum ushbu jamoaga Barralning o‘tishi borasida tuzilgan shartnoma qiymati to‘liq bitkoinda belgilangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbol tarixida ilk marotaba bitkoinda shartnoma tuzilishi. Bu haqda ushbu jamoa «Twitter» sahifasiga asoslanib «The Sun» xabar berdi.

Barral yangi kuch va maqsadlar bilan jamoaga kelayotganini, sportdagi faoliyatida hali yutuqlardan umidvorligini ma’lum qilgan.

Barral qirollik klubining asosiy tarkibidan o‘rin ololmagan, «Real Madrid S» jamoasida 50 dan ziyod o‘yin o‘tkazgan, keyinchalik xorij va Ispaniyaning «Apoel», «Sporting» (Xixon), «Levante», «Granada», «Kadis» kabi o‘nlab klublarida to‘p surib, uncha nom qozonmagan. Biroq kriptovalyutaga sotilgan ilk futbolchi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring