Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bloger Makgregorni jangga chorlamoqda: buning uchun 50 million dollar berishga tayyor

Bloger Makgregorni jangga chorlamoqda: buning uchun 50 million dollar berishga tayyor

Foto: «News.yandex.ru»

Videobloger va bokschi Jeyk Pol UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni jangga chorlab, buning uchun unga 50 million dollar taklif qilmoqda. Jeyk Pol bu haqda Instagramdagi sahifasida yozib qoldirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jang 84 kilogrammgacha vazn toifasida uch daqiqadan sakkiz raund davom etishini, o‘n unsiyali qo‘lqopdan foydalanishni taklif qilmoqda.

Jang tegishli shartnoma imzolanganidan so‘ng 180 kun ichida o‘tkazilishi zarur.

29-noyabr kuni Pol Mayk Tayson va kichik Roy Jons o‘rtasidagi ko‘rgazmali shoudan oldin janglarning birida ishtirok etdi. U ikkinchi raunddayoq Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) klubining sobiq o‘yinchisi Neyt Robinsonni nokautga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

«NEWS.ru»ning yozishicha, Konor Makgregor keyingi jangini Dastin Porega qarshi o‘tkazadi. Jang 23-yanvar kuni UFC 257 musobaqasida bo‘lib o‘tadi. Irlandiyalik va amerikalik UFC doirasida 2014-yilda ham uchrashishgan. O‘shanda raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan Makgregor g‘alaba qozongandi.

32 yoshli irlandiyalikning hisobida 21 g‘alaba va 4 mag‘lubiyat bor. U ikki vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan: yengil va yarim yengil.

Bungacha «Real» himoyachisi Serxio Ramos ham Makgregorni jangga chorlagan. Bu haqda futbolchi Instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring