Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni vafot etdi

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni vafot etdi

Foto: «Squaremile.com»

Sobiq professional bokschi va Olimpiada-1972 ishtirokchisi Alan Minter 69 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda «Sky Sports» xabar berdi.

Sobiq sportchi 9-sentyabr kuni olamdan o‘tdi. Minter uzoq vaqt onkologiyaga qarshi kurashgan.

Uning hisobida 39 ta g‘alaba va 9 ta mag‘lubiyat bor. U 1981-yilda karerasini tugatgan.

1972-yilgi Olimpiada o‘yinlarida u bronza medalini qo‘lga kiritgan. Sakkiz yildan so‘ng, professional ringga ko‘tarilgan vaqtlarda u o‘rta vazn toifasida jahon chempioni degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. Minter italiyalik Vito Antuofermo ustidan g‘alaba qozonib, «The Ring» jurnali, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA), Butunjahon boks kengashi (WBC)ning chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili u yana italiyalik bokschini yengib, chempionlik nomini saqlab qoldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring