Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun Paola Pliyeogo terma jamoamiz tarkibida JChdagi ishtirokini boshlaydi

Bugun Paola Pliyeogo terma jamoamiz tarkibida JChdagi ishtirokini boshlaydi

Vengriyaning Budapesht shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati davom etadi. Bugun saralash bahslarining so‘nggi kuni o‘tkazilib, unda erkaklar o‘rtasida rapira, ayollar o‘rtasida sablya qurolida bahslar o‘tkaziladi.

Sablyada kechadigan janglarda terma jamoamizning 4 vakili yurtimiz sharafini himoya qiladi. Unda quyidagi sportchilarimiz pley-off yo‘llanmasi uchun kurash olib borishadi: Yana Obinseva, Paola Pliyego, Sevinch Ismoilova, Zaynab Dayibekova.

Bungacha o‘tkazilgan bahslar natijasiga ko‘ra, shpagachilarimizdan Oleg Sokolov hamda Malika Hakimova, rapirada Yana Alborova pley-off bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring