Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi sport maktablariga 3,6 milliard so‘mlik jihozlar topshirildi

Buxorodagi sport maktablariga 3,6 milliard so‘mlik jihozlar topshirildi

Foto:«Xabar.uz»

Buxorodagi «Semurg‘» sport majmuasida 2020-yilda Tokioda o‘tkaziladigan olimpiadaga sportchilarni munosib tayyorlash maqsadida viloyatdagi barcha sport maktablariga Prezident sovg‘asi - 3,6 milliard so‘mlik 310 turdagi sport jihozlari topshirildi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi Buxoro viloyat hududiy bo‘linmasi direktori O‘tkir Najmiddinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, o‘tgan 2018 yilda buxorolik sportchilar tomonidan jahon chempionatlarida 14 ta, Osiyoda chempionatlarida 32 ta, xalqaro turnirlarda 24 ta, respublika chempionati va birinchiliklarida esa 863 ta medallar qo‘lga kiritilgan.

O‘tgan yilda sport sohasini rivojlantirish yo‘lida muhim qadamlar qo‘yildi. Buxoroda sportni rivojlantirish uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan 40 milliard so‘mlik mablag‘lar ajratilib, katta qurilish-rekonsturutsiya ishlari amalga oshirilgan.

Bundan bir necha oy oldin Buxoro yoshlar markazida Buenos-Ayres shahrida bo‘lib o‘tgan uchinchi yoshlar olimpiadasi va Jakarta shahrida o‘tkazilgan 18-paraosiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimida Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev joriy yilda Buxoroda qiymati 140 milliard so‘mlik yopiq sport moneji ham barpo etilishini aytib o‘tgan edi. Ayni paytda Buxoroda katta yopiq sport moneji barpo etish ishlari boshlab yuborilgan.

2020 yilda Tokioda o‘tkaziladigan yozgi olimpiyada bellashuvlariga puxta tayyorgarlik shu majmuadan boshlanadi.

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring